- 2026-06-18
- 17
Samarqand davlat pedagogika instituti mas’ullari Urgut fakultetida o‘rganish ishlarini olib bordi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi “Samarqand viloyatidagi ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–209-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 8-iyundagi 233-son buyrug‘iga muvofiq, Samarqand davlat universitetining Urgut filiali negizida Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur jarayon doirasida Samarqand davlat pedagogika instituti mas’ul xodimlari tomonidan fakultetning ta’lim yo‘nalishlari faoliyati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik baza va infratuzilma holati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, yangi tarkibiy tuzilma faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ta’lim jarayonining uzviyligini ta’minlash, boshqaruv hamda akademik faoliyatni muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan uchrashuv va muloqotlar o‘tkazildi. Mazkur o‘rganishlar Urgut fakultetida ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda institutning yangi tuzilmasi faoliyatini tizimli tashkil etishga xizmat qilmoqda.






