- 2026-06-24
- 49
SamDPI talabasi Osiyo chempioni!
Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi Rustamjon Xolmamatov Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida kanoe va baydarka eshkak eshish sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etdi.
Musobaqaning 4 kishilik qayiq (C-4) bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchimiz faxrli 1-o‘rinni egallab, Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Rustamjon Xolmamatovni ushbu ulkan yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi nufuzli musobaqalarda ham yangi zafarlar, yuksak marralar tilaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting!
