- 2026-06-24
- 11
Samarqand davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Viloyat hokimi fan olimpiadasi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Viloyat hokimi fan olimpiadasi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaning ona tili va adabiyot hamda o‘zbek tili fanlari bo‘yicha 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi bahslari amaldagi nizom talablari asosida shaffof va adolatli tarzda tashkil etildi. Ishtirokchilar tomonidan bajarilgan ishlar malakali hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi o‘quvchilar g‘olib deb topildi: 10-sinf, Ona tili va adabiyot fani 🥇 Fayzullaqulova Durdona Anvar qizi (Bulung‘ur tumani, 11-maktab) 🥈 Kayumova Intizor Bahodir qizi (Narpay tumani, 56-maktab) 🥉 Mamarayimova Rayxona Zokirovna (Payariq tumani, 79-maktab) 10-sinf, O‘zbek tili fani 🥇Abdurasulova Mijgona Fazliddin qizi (Pastdarg‘om tumani, 19-maktab) 🥈A’lamova Afsona Akmalovna (Samarqand tumani, 10-maktab) 🥉Muhiddinova Nasiba Muhiddin qizi (Ishtixon tumani, 41-maktab) 11-sinf, Ona tili va adabiyot fani 🥇 Azizova Hulkaroy Teshayevna (Toyloq tumani, 58-maktab) 🥈Rustamova Mohinur Suhrob qizi (Payariq tumani, 19-maktab) 🥉Amirova Amina Qahramon qizi (Kattaqo‘rg‘on shahri, 16-maktab) 11-sinf, O‘zbek tili fani 🥇Raxmatova Xadicha Umedovna (Samarqand shahri, 9-maktab) 🥈Sayfullayeva Gulzoda (Kattaqo‘rg‘on shahri, 3-maktab) 🥉Turayeva Laziza Xurshijon qizi (Kattaqo‘rg‘on shahri, 6-maktab) 🎁 Olimpiada g‘oliblari Samarqand davlat pedagogika instituti tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.









