- 2026-06-24
- 13
Shahzoda Negmatova aniq va amaliy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF–73-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda professor-o‘qituvchilarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish maqsadida Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova aniq va amaliy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda matematika, informatika, musiqa ta’limi hamda tasviriy san’at va texnologik ta’lim kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari, nashr etilgan ilmiy maqolalari, xalqaro loyihalardagi ishtiroki hamda KPI (kalit samaradorlik ko‘rsatkichlari) tizimidagi natijalari muhokama qilindi. Muloqot davomida rektor har bir professor-o‘qituvchi bilan individual suhbat o‘tkazib, ularning ilmiy izlanishlari, innovatsion yondashuvlari, xalqaro hamkorlikdagi loyihalari hamda ularning amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, KPI mezonlari asosida erishilgan natijalar atroflicha tahlil qilinib, pedagoglarning faoliyati shaxsiy yondashuv asosida baholandi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilarga o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda faoliyatni yanada kuchaytirish, ilmiy ishlar va dissertatsiyalar himoyasini jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. Har bir topshiriqning ijro muddatlari belgilab berilib, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi nazoratga olinishi ta’kidlandi









