Shahzoda Negmatova pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

  • 2026-06-26
  • 57
Shahzoda Negmatova pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shahzoda Negmatova pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF–73-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda professor-o‘qituvchilarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish maqsadida Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi, Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim nazariyasi hamda Pedagogika kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari, nashr etilgan ilmiy maqolalari, xalqaro ilmiy loyihalardagi ishtiroki va KPI (kalit samaradorlik ko‘rsatkichlari) tizimi bo‘yicha erishilgan natijalari atroflicha muhokama qilindi. Muloqot davomida rektor har bir professor-o‘qituvchi bilan individual suhbat o‘tkazib, ularning ilmiy izlanishlari, innovatsion yondashuvlari, xalqaro hamkorlik doirasidagi loyihalari hamda tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, KPI mezonlari asosida erishilgan natijalar batafsil tahlil qilinib, professor-o‘qituvchilarning faoliyati individual yondashuv asosida baholandi. Uchrashuv yakunida professor-o‘qituvchilarga ta’lim, ilmiy-tadqiqot hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish, ilmiy maqolalar nashrini ko‘paytirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va dissertatsiya ishlari himoyasini jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, topshiriqlarning ijro muddatlari tasdiqlanib, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi doimiy nazorat ostida bo‘lishi ta’kidlandi.

Share This Post