Ilmiy hamkorlik doirasida yangi yutuqlar

  • 2026-06-26
  • 57
Ilmiy hamkorlik doirasida yangi yutuqlar
Ilmiy hamkorlik doirasida yangi yutuqlar

Samarqand davlat pedagogika instituti milliy g‘oya va falsafa kafedrasi mudiri, professor Jo‘raboy Yaxshilikov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar jamoasi M. Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston tadqiqot universiteti huzuridagi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” ilmiy-tadqiqot instituti “Tarix va etnologiya” ilmiy markazida tashkil etilgan 144 soatlik malaka oshirish kurslarida ishtirok etib qaytdi. Mazkur malaka oshirish kurslari ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-pedagogik hamkorlik doirasida tashkil etilib, professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, tajriba almashish hamda ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Hamkorlik doirasida Janubiy Qozog‘iston tadqiqot universiteti huzuridagi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” ilmiy-tadqiqot instituti “Tarix va etnologiya” ilmiy markazi tomonidan taqdim etilgan o‘quv adabiyotlari va darsliklar Samarqand davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi fondiga sovg‘a tariqasida topshirildi.

Share This Post