SamDPIda Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi

  • 2026-07-04
  • 41
SamDPIda Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi
SamDPIda Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi

SamDPIda Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi Samarqand davlat pedagogika institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovining suhbat bosqichi tashkil etildi. Suhbat jarayonida iqtidorli talabalar va magistrantlarning axborot texnologiyalari, informatika, Oʻzbekiston tarixi hamda xorijiy tillar bo‘yicha bilim va kompetensiyalari belgilangan mezonlar asosida baholandi. Shuningdek, ularning mustaqil fikrlashi, intellektual salohiyati, muloqot madaniyati va sohaga oid dunyoqarashiga alohida e’tibor qaratildi. Ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilgan suhbat yakunlariga ko‘ra, yuqori natija qayd etgan nomzodlar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

Tags
Share This Post