- 2026-07-05
- 39
Samarqand davlat pedagogika institutida “Bugungi bitiruvchi — kelajakni quruvchi” shiori ostida “Bitiruvchi–2026” tantanali bitiruv kechasi bo‘lib o‘tadi.
Samarqand davlat pedagogika institutida “Bugungi bitiruvchi — kelajakni quruvchi” shiori ostida “Bitiruvchi–2026” tantanali bitiruv kechasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu unutilmas oqshomda Sizni: tantanali diplom topshirish marosimi; maxsus nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash; ish beruvchilar bilan ochiq muloqot va uchrashuvlar; gala-konsert dasturi hamda ko‘ngilochar chiqishlar; zamonaviy kreativ fotozonalarda esdalik suratga tushish imkoniyati; ko‘tarinki kayfiyat, samimiy uchrashuvlar va unutilmas taassurotlarga boy bayram muhiti kutmoqda. Aziz bitiruvchilar! Mazkur tantanali kecha talabalik yillarining eng yorqin lahzalarini yana bir bor yodga olish, erishilgan yutuqlarni nishonlash, ustozlar va kursdoshlar bilan samimiy diydorlashish hamda yangi hayot sari dadil qadam tashlashning unutilmas onlariga boy bo‘ladi. “Bitiruvchi–2026” — bu nafaqat diplom olish marosimi, balki umr davomida qalbingizda iliq xotira bo‘lib qoladigan quvonch, e’tirof va ezgu tilaklar bayramidir. Barchangizni 2026-yil 30-iyul kuni soat 19:00 da institut hovlisida bo‘lib o‘tadigan “Bitiruvchi–2026” tantanali bitiruv kechasida mamnuniyat bilan kutib qolamiz!
