- 2026-07-13
- 20
Xusan To‘xtayev Samarqand davlat pedagogika institutidagi kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayoni bilan tanishdi
2026–2027-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan viloyat hokimligining chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Xusan To‘xtayev Samarqand davlat pedagogika institutida o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayoni bilan tanishdi. Jarayon davomida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, imtihonlarning adolatli va shaffof tashkil etilishi, belgilangan tartib va me'yorlarga qat'iy rioya etilishi, shuningdek, barcha zarur jihoz va texnik vositalar bilan ta'minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas'ullarga qabul jarayonlarini amaldagi tartib-talablar asosida yuqori saviyada tashkil etish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat'iy amal qilish hamda abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlarni doimiy nazoratda saqlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.








