- 2026-08-01
- 61
“Bugungi bitiruvchi — kelajakni quruvchi”
Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida “Bugungi bitiruvchi — kelajakni quruvchi” shiori ostida “Bitiruvchi–2026” tantanali bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi. ➡️ Tadbirning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Xusan To‘xtayev hamda Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova so‘zga chiqib, bitiruvchilarni hayotlaridagi muhim bosqich bilan samimiy tabrikladi. ➡️ So‘zga chiqqanlar yosh pedagoglarning kelajak avlod ta’lim-tarbiyasidagi mas’uliyatli o‘rniga alohida e’tibor qaratib, ularga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. 👥 Shuningdek tadbirda “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari bosh muharriri Farmon Toshev, Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yo‘ldoshev, institut bitiruvchilari va ularning ota-onalari, ta’lim sohasi mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi










