- 2026-08-11
- 96
Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Samarqand davlat pedagogika institutining 50 nafar talaba-yoshlari, professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan iborat jamoasi uchun Toshkent shahri bo‘ylab ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, G‘alaba bog‘idagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdilar. Mazkur maskanlarda xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosi, ajdodlarimizning ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, Vatan himoyasi yo‘lida ko‘rsatilgan jasorat va matonatni aks ettiruvchi tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur sayohat ishtirokchilarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish, Vatanga muhabbat va daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi. Samarqand davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
