- 2026-08-29
- 50
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan institut professor-o‘qituvchilari taqdirlandi
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan institut professor-o‘qituvchilari taqdirlandi
Samarqand davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori Shahzoda Negmatova ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar va xodimlarni Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabrikladi. Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari ta’lim-tarbiya sohasida samarali mehnat qilib, institut rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga tantanali ravishda topshirildi









