- 2026-09-17
- 82
“Besh tashabbus” olimpiadasi: sport musobaqalariga start berildi
“Besh tashabbus” olimpiadasi: sport musobaqalariga start berildi Samarqand davlat pedagogika institutida yoshlarni sportga keng jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasidagi sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
➡️ Tadbirda institutning birinchi prorektori Boburjon Abdurazzoqov, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar olimpiadaning yoshlar hayotidagi ahamiyatini ta’kidlab, ishtirokchilarga musobaqalarda munosib qatnashib, yuqori natijalarga erishishlarini tiladi.
Mini-futbol
Stritbol
Stol tennisi
Voleybol
Yengil atletika
Mazkur sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan bellashuvlarda talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sport mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etadilar.
✅ “Besh tashabbus” olimpiadasi — yoshlarning sportdagi faolligi va iqtidorini namoyon etish uchun muhim maydon.










