Samarqand davlat pedagogika institutida tyutorlar tanlovi o‘tkazildi

  • 2026-10-10
  • 137
Samarqand davlat pedagogika institutida tyutorlar tanlovi o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika institutida tyutorlar tanlovi o‘tkazildi

Samarqand davlat pedagogika institutida vakant tyutorlik lavozimlariga nomzodlar o‘rtasida tanlov tashkil etildi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida o‘tkazildi.

Jarayonda nomzodlarning talabalar bilan ishlash tajribasi, ularning muammolarini hal etish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, davomadni nazorat qilish, tashabbuskorlik va innovatsion yondashuv borasidagi bilim hamda ko‘nikmalari baholandi.

Tanlovdan maqsad tyutorlik faoliyati samaradorligini oshirish, munosib nomzodlarni saralash va talabalar bilan ishlash sifatini yanada yaxshilashdan iborat.

Share This Post