• Kirish

Prorektor jamoaga tanishtirildi

  • 2024-04-08
  • 2240
Prorektor jamoaga tanishtirildi

     Bugun O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova ishtirokida tashkiliy masala ko'rildi.

     Shahzoda Negmatova Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug'i bilan institut moliya va iqtisod ishlari bo'yicha prorektori lavozimiga tayinlangan Bekzod Muratkabilovni jamoaga tanishtirib, uning keyingi faoliyatiga omad tiladi.

     Bekzod Muratkabilov 1981-yilda Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanida tug'ilgan. 2004-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

     Tayinlovga qadar, Bekzod Muratkabilov Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Ishlar boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING