- 2024-04-17
- 2334
“Ta’limda zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari” mavzusidagi seminarning ochilish marosimi oʻtkazildi
“Ta’limda zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari” mavzusidagi seminarning ochilish marosimi oʻtkazildi
Bugun Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutida mazkur seminarning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Unda institut rektori Shahzoda Negmatova, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i Gʻayrat Norqulov, Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Shahzod Eshonqulov, Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi direktori A’lam Ibragimov hamda institut professor-oʻqituvchilari va boʻlajak pedagoglar ishtirok etdi.
Mazkur seminar quyidagi mavzular muhokama etilishiga koʻra muhim hisoblanadi:
– Oʻzbekiston va Finlandiya
ta’lim tizimining qiyosiy tahlili;
– Ta’limda STEAM texnologiyalarini joriy qilish;
– Pedagogik mas’uliyat;
– Fizika, kimyo, biologiya, elektrotexnika va boshqa fanlarni oʻqitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati