• Kirish

Yevrosiyo milliy universiteti dotsenti O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalariga mahorat darsi o'tadi

  • 2024-04-25
  • 4305
Yevrosiyo milliy universiteti dotsenti O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalariga mahorat darsi o'tadi

     Dunyo universitetlari reytingida TOP-500 talikka kiruvchi ushbu universitetning dotsenti Asqar Jumadilxonov institutimizda bo'lib, xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Mahmud Jumayev bilan uchrashdi. 

     O'zaro muloqot davomida ikki oliy ta'lim muassasasining hamkorligi yangi bosqichga ko'tarilganligi alohida e'tirof etildi. 

     Shuningdek, Asqar Jumadilxonov ma'lum muddat institutimizda bo'lib, talabalar uchun xorij tajribasi asosida seminar-treninglar tashkil etishi yuzasidan kelishib olindi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING