• Kirish

Institutimiz jamoasi “Munozara” intellektual oʻyinining respublika bosqichiga yoʻl oldi

  • 2024-04-25
  • 2383
Institutimiz jamoasi “Munozara” intellektual oʻyinining respublika bosqichiga yoʻl oldi

     Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Samarqand viloyati kengashi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Munozara” intellektual oʻyinining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. 

     Unda Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutining “Tarixchilar” jamoasi munosib ishtirok etib, respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 

     Institutimiz jamoasiga keyingi bosqichda ham omad tilaymiz!

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING