• Kirish

Fan olimpiadasi gʻoliblari taqdirlandi

  • 2024-05-01
  • 2185
Fan olimpiadasi gʻoliblari taqdirlandi

     Xabaringiz bor, institutimizda Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan umumta’lim maktablarining 2023/2024-o‘quv yilidagi bitiruvchi sinflari o'rtasida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan olimpiada oʻtkazilgan edi. 

     Bugun Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova ushbu olimpiada natijalariga koʻra gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchi yoshlar bilan uchrashib, ularni taqdirladi.

     Tadbir davomida institut rektori bitiruvchilar bilan samimiy suhbatlashdi. Yoshlarning kelgusi orzu va maqsadlari bilan qiziqdi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING