Sayt test rejimda ishlamoqda !!!
  • Kirish

Institutimizning 3 nafar talabasi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish yoʻllanmasiga ega boʻldi

  • 2024-02-03
  • 1139
Institutimizning 3 nafar talabasi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish yoʻllanmasiga ega boʻldi

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining 3 nafar talabasi yengil atletika bo'yicha O'zbekiston chempionatida 5 ta medalni qo'lga kiritdi. Shuningdek, yil reytingi bo’yicha ushbu sportchilarimiz sport ustaligiga nomzod (SUN) natijani qayt etib, Osiyo o’yinlariga qatnashish yo’llanmasiga ega bo’lishdi.

30-yanvar–2-fevral kunlari Toshkent shahrida sportning yengil atletika turi bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida institutimizning jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta'lim fakulteti talabalari Mashhura Mamadullayeva 1ta medal ( kumush), Nurxon Ochilova 3 ta medal (2ta kumush, 1ta bronza), Nodira Ochilova 1ta (kumush) medallarini qo'lga kiritdi.

 Qolaversa sportchilarimiz endilikda joriy yil sentyabr oyida rejalashtirilgan Osiyo o’yinlarida ishtirok etish yoʻllanmasiga ham ega boʻldi.

Teglar
BIZ BILAN BO'LING