- 2024-05-15
- 1720
Oila - qadriyatlarimizni asrab-avaylashda mustahkam tayanch
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 15-may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Oila qadriyatlarimizni asrab-avaylashda mustahkam tayanchdir" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.
Dastlab, talabalarga "Mustahkam oila - mustahkam kelajak", "Oila - qadriyatlarimiz beshigi", "Oila - mo'tabar makon" mavzularidagi ma'ruzalar o'qib eshittirildi .
So'ngra, talaba-qizlar ishtirokida "Mening oilam - mening faxrim" shiori ostida pazandalik tanlovi o'tkazildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati