- 2024-05-27
- 5406
Teatr bu - ibratxona
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalari Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati musiqali drama teatrida spektakl tomosha qildi
Unda X.Xursandovning ssenariysi asosida sahnalishtirilgan "Bir o'lib ko'raychi" nomli komediyasi namoyish etildi. Spektaklda aktyorlar hozirgi kunda ota-ona hamda farzandlar o'rtasida yo'qolib borayotgan bir-biriga nisbatan mehr-oqibat va sog'inch hislarini hajviya uslubida tomoshabinlarga yetkazib berishga harakat qildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati