- 2024-05-31
- 2657
Yozgi semestr – qayta o‘qish jarayonlari qanday tashkil etiladi?
Institut o‘quv-uslubiy boshqarmasi, Ta’limning kredit tizimini boshqarish sektori bosh mutaxassisi Ziyodulla G’afforov boshlang‘ich ta’lim va gumanitar fanlar fakulteti 1-kurs talabalariga yozgi semest quyidagi reglamentlar asosida tashkil etilishi haqida ma’lumot berdi.
Unga koʻra:
- talaba yozgi semestr boshlanguniga qadar fakultet dekanatiga (HEMIS tizimi orqali) o‘zining yozgi semestrda o‘qishi istagini bildiradi;
- yozgi semestr uchun dars jadvali tuzadi va talaba to‘lov pulini to‘laganidan so‘ng darslarga kiritiladi;
- yozgi semestr amaldagi baholash tizimi asosida talabalar bilimini shaffof baholash tamoyiliga ko‘ra tashkil qilinadi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati