- 2024-06-08
- 2290
Talabalar Saidrizo Alizodaning uy-muzeyida boʻldi
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 2-kurs talabalari "Umumiy pedagogika" fanidan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash maqsadida pedagogika kafedrasi dotsenti Sanoat Zohidova hamrohligida Saidrizo Alizodaning uy muzeyiga sayohat qildi.
Ma’lumot uchun, Saidrizo Alizoda 30-yillarda Samarqand Pedakademiyasida arab va fors tillaridan dars bergan. Mustaqil mutolaa bilan shugʻullanib, rus, fransuz, arab, italyan, yahudiy, kurd, arman, ingliz, urdu tillarini oʻrgangan. 17—18 yoshlaridayoq “Nizomnoma“ (1904), “Risolat ulittihodiya“ (1906) kabi risolalari bilan tanilgan. Jadid maktablari uchun “Ilmi hisob“ (Samarqand, 1906) darsligini tuzgan.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati