• Kirish

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining 15 nafar professor-oʻqituvchisi Kozma Minin nomidagi Nijniy Novgorod davlat pedagogika universitetida malaka oshiradi

  • 2024-06-12
  • 2235
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining 15 nafar professor-oʻqituvchisi Kozma Minin nomidagi Nijniy Novgorod davlat pedagogika universitetida malaka oshiradi

Ikki universitet oʻrtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga koʻra, institutimiz professor-oʻqituvchilari Nijniy Novgorod davlat pedagogika universiteti malaka oshirish kurslarida ishtirok etadi. 

Ushbu dastur 1 oyga moʻljallangan boʻlib, dastlabki 3 hafta onlayn shaklda, soʻnggi 1 hafta esa offlayn shaklda boʻlib oʻtadi. 

Malaka oshirish dasturi 13-20 iyun kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING