• Kirish

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Turkiya oliy ta’lim muassasalari hamkorligi

  • 2024-06-29
  • 1447
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Turkiya oliy ta’lim muassasalari hamkorligi

Institutimiz rektori Shahzoda Negmatova 2024-yilning 23-24-may kunlari Turkiyaning Mersin universiteti mezbonlik qilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etib, Mersin, Hatay Mustafo Kamol, Tarsus va Oqsaroy universitetlari bilan keng qamrovli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishgan edi. 

Bugun ushbu hamkorlikning debochasi sifatida Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga ushbu universitetlardan 40 ga yaqin professor-oʻqituvchilar yetib keldi. 

Institut rektori Shahzoda Negmatova mehmonlarni Samarqand shahrida koʻrib turganligidan mamnun ekanligini bildirib, oliy ta’lim muassasalari oʻrtasidagi aloqalarning kelgusida yangi bosqichga koʻtarilishiga ishonch bildirdi…
 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING