• Kirish

Barchangizni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin yurakdan tabriklayman!

  • 2024-06-30
  • 3396
Barchangizni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin yurakdan tabriklayman!

Assalomu alaykum qadrli yoshlar!

Barchangizni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin yurakdan tabriklayman! 

Bugun mamlakatimizda koʻplab siz kabi yoshlar ilm va kasb-hunar oʻrganmoqda. Ayniqsa, ularning orasida chet tillarini oʻqiyotganlar anchagina. Oʻylaymanki, olayotgan har bir bilimingiz, egallagan tajribangiz kelajakda sizga ajoyib muvaffaqiyatlar olib keladi. 

Shu oʻrinda, davlatimiz rahbari tomonidan har bir yigit va qizga ishlash, biznes bilan shugʻullanish, oʻqish uchun barcha sharoitlar yaratib berilganini ta’kidlash joiz.

Sizning har biringiz oʻz sohasida muvaffaqiyatga erishishni xohlaydigan, qalbi shijoatga toʻla, intiluvchansiz!

Unutmang, taqillatilgan eshik bir kun kelib ochiladi. Gʻalaba ham astoydil intilganga nasib etadi. Shunday ekan, oʻz orzularingiz va maqsadlaringiz sari yurishdan toʻxtamang! 

Biz ustozlar, sizga ishonamiz va sizni doim qoʻllab-quvvatlaymiz!

Shahzoda Negmatova, 
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori

Teglar
BIZ BILAN BO'LING