- 2024-06-30
- 1436
Yoshlar kuni munosib nishonlandi
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi “Moʻjiza” amfiteatrida konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari Husan Toʻxtayev Prezidentimizning yoshlarga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi. Yoshlar yurtimizning ertangi umidi, xalqimiz kelajagi ekanligini alohida ta’kidladi.
Mazkur konsert dasturida Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Zarifa Moʻminova boshchiligidagi institut talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdi…
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati