- 2024-08-15
- 2914
“Xoʻja Gunjoyish” mahallasi yoshlarining muammolari oʻrganilib, hal etilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan Samarqand shahar "Xoʻja Gunjoyish" mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda, yoshlarga yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrab-avaylash, bunda har bir fuqaroning dahldorlik hissi bilan yashashi xalqimiz farovonligiga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Shuningdek, yangi oʻquv yili arafasida yoshlarga kasb-hunar tanlash, ilm olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati