• Kirish

Institut kengashining 2024/2025-oʻquv yilidagi ilk yig‘ilishi boʻlib oʻtdi

  • 2024-08-28
  • 2602
Institut kengashining 2024/2025-oʻquv yilidagi ilk yig‘ilishi boʻlib oʻtdi
Institut kengashining 2024/2025-oʻquv yilidagi ilk yig‘ilishi boʻlib oʻtdi

Institut kengashi Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova raisligida oʻtkazildi. Dastlab institut rektori kengash a’zolarni yaqinlashib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi va yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan tabrikladi. Soʻngra o'tgan 2023/2024-o'quv yilida erishilgan yutuq va kamchiliklar, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari muhokama etildi. 

Xususan, yangi 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab institutda KPI tizimi joriy etilishi to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Oʻquv jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlar, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni toʻgʻri va tizimli tashkil etish yuzasidan fikrlar almashildi.

Institut rektori Shahzoda Negmatova ayni kunlarda institutga talabalarning kelayotganini inobatga olgan holda ularni yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta’minlash boʻyicha yangi vazifalarni belgilab berdi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post