• Kirish

“Turkistondan Onado‘ligacha bo‘lgan turkiy islom tafakkuri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkaziladi

  • 2024-09-11
  • 2375
“Turkistondan Onado‘ligacha bo‘lgan turkiy islom tafakkuri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yilning 15-17-oktabr kunlari O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Turkiya Respublikasining Nejmettin Erbakan universiteti bilan hamkorlikda “Turkistondan Onado‘ligacha bo‘lgan turkiy islom tafakkuri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi hamda ushbu konferensiyada BAA, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Turkiya davlatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan 15 dan ortiq professor-o‘qituvchilar ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. 

“Turkistondan Onado‘ligacha bo‘lgan turkiy islom tafakkuri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya dasturi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Konferensiya dasturi (pdf)

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING