• Kirish

Institut rektori talabalar uchun qurilgan yangi turar joy binosini ko'zdan kechirdi

  • 2024-09-19
  • 1281
Institut rektori talabalar uchun qurilgan yangi turar joy binosini ko'zdan kechirdi

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova davlat-xususiy sherikchilik asosida barpo etilgan yangi talabalar turar joyida bo'lib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

Talabalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning o'qishi bilan birgalikda yangi yotoqxona haqidagi fikrlari bilan qiziqdi. 

Shuningdek, mas'ullarga talabalar uchun qulayliklarni oshirish, ushbu maskanda ma'rifiy, madaniy, sport va boshqa shu kabi to'garaklarni tashkil etish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING