- 2024-10-08
- 3319
Endi sizga kerakli bo'lgan ma'lumot va hujjatlarni olish uchun dekanat eshigida kutmaysiz!
Chunki O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida "Registratsiya ofisi" o'z faoliyatini boshlaydi.
Institut rektori Shahzoda Negmatova yangi tashkil etilayotgan "Registratsiya ofisi" da bo'ldi. Ushbu ofis talabalarga ko'plab qulayliklar yaratishiga ishonch bildirib, uning faoliyatini tezroq yo'lga qo'yish lozimligini ta'kidladi.
Ma'lumot uchun "Registratsiya ofisi" talabalarga quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:
- institutda o'qiyotganli to'g'risida ma'lumotnoma olish;
- transkript (akademik ma'lumotnoma) olish;
- talabalarning shaxsiy ma'lumotlarini o'zgartirish;
- talabalik guvohnomasi;
- yillik akademik kalendar (o'quv grafigi) haqida ma'lumot olish;
- fanlarga registratsiya qilish;
- to'lov kontrakt miqdorlari haqida ma'lumot olish;
- fakultetlar haqida ma'lumot olish;
- akademik ta'til haqida ma'lumot olish;
- o'qishni ko'chirish shartlari haqida ma'lumot;
- o'qishni tiklash va u haqida ma'lumot olish;
- talabalar hujjatlaridan nusxa olish;
- talabalar yig'ma jildlarini (birlamchi hujjatlarini) qaytarish;
- talabalikka qabul shartlari haqida ma'lumot;
- talabalarni akademik masalalarda qo'llab-quvvatlash;
- imtihonlarga appelyatsiya berish hamda u haqida ma'lumot olsih;
- darslar jadvali haqida ma'lumot olish;
- yakuniy imtihonlar jadvali haqida ma'lumot;
- baholash natijalari haqida;
- stipendiyalar haqida ma'lumot;
- o'quv dasturlari haqida ma'lumot;
- talabalar turar joyi haqida ma'lumot;
- institutdagi mavjud kurs va markazlar haqida ma'lumot;
- bitiruvchilar aylanma varaqasini tasdiqlash;
- shikoyat va takliflar jo'natish va shu kabi qator xizmatlar.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati