- 2024-11-13
- 5310
Vazir va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi
Samarqand davlat universitetida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov samarqandlik talabalar, magistrant va tadqiqotchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Vazir yoshlarning bir qator takliflarini tinglab, ularni qoʻllab-quvvatladi.
Xususan, Samarqand tajribasi sifatida turdosh oliy ta’lim muassasalari talabalarini birlashtiruvchi “Yozgi lager”, talaba qizlar oʻrtasida “Toʻmaris izdoshlari”, yigitlar uchun “Temurbeklar” kabi bir qator loyihalar tashkil etilishi belgilandi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova va institutimiz talabalari ham ishtirok etdi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati