• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

Rektor va yoshlar uchrashuvi

  • 2025-01-21
  • 6352
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Rektor va yoshlar uchrashuvi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova institutning kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan barcha talabalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim sohasidagi islohotlar va ularning amaliy natijalari haqida so‘z yuritildi. Professor Shahzoda Negmatova yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot olib borib, ularning muammolarini tinglash, taklif va tashabbuslarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi.

Uchrashuv davomida talabalar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, kiritilgan takliflar va bildirilgan tashabbuslar institutning tegishli bo‘limlari tomonidan chuqur o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Mazkur muloqot institutda ta’lim sifati va ijtimoiy muhitni yanada rivojlantirish, yoshlarning bilim olish jarayonida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarini yechishda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Bunday ochiq muloqotlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom fikr almashish va institut rahbariyati bilan yaqin aloqalarni mustahkamlashda o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajaradi.

Rektor va talabalar uchrashuvi institutning jamoaviy birdamligini namoyish etib, ta’lim maskani nufuzini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post