- 2025-01-10
- 6357
Talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlari bo'lib o'tmoqda

Ayni kunlarda O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalari va magistrantlari uchun yakuniy nazorat imtihonlari o'tkazilmoqda. Institut o'quv ishlari bo'yicha prorektori Noryigit Musulmonov, o'quv uslubiy boshqarmasi boshlig'i Elmurod Ulug'murodov, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Samariddin Bobomurodovlar yakuniy nazoratlarni doimiy ravishda kuzatib bormoqda.
Shuningdek, imtihonlar (apellyatsiya komissiyasi faoliyati ham) ovozli kuzatuv kameralari bilan jihozlangan katta sig'imli auditoriyalarda tashkil etilmoqda.
Eslatma!
Agarda siz yakuniy nazorat imtihonlarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, https://t.me/Antikorrupsiya_uzfi, https://t.me/Antikorrupsiya_UzFin, @uzfiantikorr_bot telegram manzillari yoki +998 88 878 96 78, +998 94 913 72 32, +998 95 324 24 19 telefon raqamlari orqali anonim xabar qoldirishingiz mumkin.