• Kirish

"Rahbar ayol imijini yaratish" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

  • 2024-01-24
  • 1719
"Rahbar ayol imijini yaratish" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

     O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tabiiy fanlar fakultetida "Rahbar ayol imijini yaratish" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 68-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori Musurmonova Shodiya, Samarqand viloyati deputatlar kengashi a'zosi,  Toyloq tumani  maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 54-maktab direktori Muminova Lobar hamda tabiiy fanlar fakulteti biologiya va geografiya kafedrasi mudiri dotsent Xamroyeva Feruza va talabalar ishtirok etishdi. Davra suhbati juda qiziqarli va motivatsion ruhda bo'lib o'tdi. Talaba qizlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Teglar
BIZ BILAN BO'LING