• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti kasaba uyushmasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  • 2025-02-06
  • 3354
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti kasaba uyushmasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti kasaba uyushmasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 5-fevral kuni Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar bo‘linmasi kengashi tizimidagi O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida institut ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi hamda 2025-yil uchun kiritiladigan qo‘shimchalar yuzasidan hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti prorektori va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi 2024-yilda jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha hisobot bilan ishtirok etdi. Shuningdek, jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat qilib boruvchi komissiya dalolatnomasi tasdiqlandi.

Kun tartibida kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, qo‘mita a’zolari va shahar konferensiyasiga delegatlarni saylash kabi muhim tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilindi.

Hisobot-saylov yig‘ilishida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar bo‘linmasi kengashi xodimi J.T. Suvanov so‘zga chiqib, kasaba uyushmalarida olib borilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar hamda kelgusida kasaba uyushmalari oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Yig‘ilishda bildirilgan fikr-mulohazalar va tavsiyalar asosida kasaba uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post