- 2025-02-14
- 3792
Bugun Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti "Aksilkorrupsiya kovorking markazi" aʼzolarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
 
                                
Unda taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish, yoshlarni halollik ruhida tarbiyalash hamda ularni korrupsiyaga qarshi kurashishga doir zamonaviy usullar va yoʻnalishlar bilan tanishtirib borish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yoʻllari ham koʻrib chiqildi. Mazkur masalalar yuzasidan institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimiga tegishli takliflar kiritildi.



Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati
