• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Kirish

Sportni rivojlantirish va yoshlarga imkoniyatlar: institutda strategik rejalar muhokama qilindi

  • 2025-02-18
  • 3232
Sportni rivojlantirish va yoshlarga imkoniyatlar: institutda strategik rejalar muhokama qilindi
Sportni rivojlantirish va yoshlarga imkoniyatlar: institutda strategik rejalar muhokama qilindi

2025-yil 13-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova institut rahbariyati vakillari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar muhokama qilindi.

Dastlab, rektor institutda mavjud sport to‘garaklari va ularning muntazam faoliyati haqida hisobotni tingladi.

Shuningdek, institutda raqamlashtirish tizimi joriy etilganligi ta’kidlanib, sport sohasida ham ushbu yo‘nalishda yangi loyihalarni ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

Bundan tashqari, institutga biriktirilgan tuman maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchilari, mahalla yoshlari hamda institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida muntazam ravishda sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish lozimligi belgilandi.

Uchrashuv davomida Prezidentning 14-fevral kuni mamlakat yoshlari bilan o‘tkazgan muloqoti ham muhokama qilindi. Ushbu muloqotda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish, ular bilan ishlash samaradorligini oshirish va faol yoshlarning takliflarini eshitish masalalari ko‘tarilganligi aytib o‘tildi.

Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilishi va ularning tashabbus va g‘oyalarini loyihaga aylantirish bo‘yicha bank xizmatlari joriy etilishi mamlakatimizda yoshlarga yanada keng imkoniyatlar yaratilayotganidan dalolat berishi alohida e’tirof etildi.  Shuningdek, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha hokimlar, bank va korxona rahbarlaridan iborat komissiyalar tuzilishi haqida ma’lumotlar taqdim etildi. 

Institutimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, talabalarning startap loyihalardagi ishtiroki, xorijiy til sertifikatlariga ega professor-o‘qituvchilar va talabalar sonini oshirish, robototexnika, fizika, matematika, kimyo va biologiya yo‘nalishlarida ham yangi kashfiyotlar yaratish, ishlab chiqarish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Qo‘shimcha tarzda, har bir fakultet va kafedra jamoalariga institutga xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda “Work and Travel” loyihasiga talabalarni faol jalb qilish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post