- 2025-03-01
- 3267
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida tashkil etilgan “Finlandiya tajribasini transfer qilish markazi”da uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Unda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi, Pedagogik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi raisi, professor Rustam Xolmurodov, institutimiz rektori Shahzoda Negmatova, shuningdek bir guruh professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida markazning asosiy vazifalari va istiqboldagi rejalari muhokama qilindi. Jumladan, pedagogika sohasidagi dolzarb muammolarni hal etishda ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratish muhimligi ta’kidlandi. Xususan, pedagogika yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar uchun maktab ta’limidagi real muammolarni o‘rganish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, baholash tizimini isloh qilish va xorijiy tajribani tatbiq etish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Shuningdek, ushbu muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, turli xalqaro grantlar va loyihalarda ishtirok etib, g‘oliblikka erishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati