- 2025-03-15
- 353
"Ota-onalar va ustozlar bog'i"ga yangi ko'chatlar ekildi

🌿 O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rahbariyati vakillari, tyutorlar, institut Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari, "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari va volontyorlar ishtirokida "Ota-onalar va ustozlar bog'i" ga ko'pyillik manzarali archa ko'chatlari o'tqazildi.
Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekilishi atrof-muhitni saqlash va yashil maydonlarni ko‘paytirishga qaratilgan muhim tashabbusdir. Bu loyiha nafaqat ekologik muammolarni hal qilishga, balki odamlarni tabiat bilan bog‘lashga ham yordam beradi. Ko‘chat ekish jarayoni, ayniqsa, talabalar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish va yoshlarni birlashtirishda muhim ahamiyatga ega.