• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalarida “Ziyolilar bog‘”lari tashkil etildi

  • 2025-03-15
  • 5725

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Jizzax politexnika institutida “Ziyolilar bog‘i”da ko‘chat ekish marafoni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurboyev, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda 2000 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi.

Ushbu jarayonda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova ham faol qatnashib, ekologik tashabbusga o‘z hissasini qo‘shdi. 

Bir vaqtning o‘zida 14 hududdagi oliy ta’lim muassasalari ham tadbirga onlayn ulanib, “Ziyolilar bog‘i” loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Mazkur tashabbus oliy ta’lim maskanlarida yashil hududlarni kengaytirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post