- 2025-04-18
- 6550
OMOUS-2025: Matematikada yangi yutuqlar – talabalarimiz kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritdi!

2025-yil 13–18-aprel kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro ochiq matematika fan olimpiadasi (OMOUS-2025)da 600 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi. Musobaqada Rossiya, Hindiston, Xitoy, Jazoir, BAA, Belarus, O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron kabi mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari talabalari qatnashdi.
Mazkur nufuzli olimpiadada O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining 4 nafar talabasi: Erali Boyqobilov, Mehroj Otamurodov, E’zoza Ilhomova va Asilbek Boymatovlar
muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Olimpiada yakunida talabalarimiz individual bahslar natijasiga ko‘ra bitta kumush va bitta bronza medalini, jamoaviy bahslarda esa umumjamoa hisobida bronza medalni qo‘lga kiritdilar.
Individual olimpiada natijalari:
• Erali Boyqobilov — kumush medal;
• E’zoza Ilhomova — bronza medal.
Jamoaviy olimpiada natijalari:
• Erali Boyqobilov — bronza medal;
• Mehroj Otamurodov — bronza medal;
• Asilbek Boymatov — bronza medal;
• E’zoza Ilhomova — bronza medal.
Xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etib, sovrindorlar safidan joy olgan institutimiz talabalari va ularning ustozlarini samimiy muborakbod etamiz!
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati