"Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi

  • 2025-04-28
  • 3443
"Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi
"Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi

2025-yil 28-aprel kuni Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutining Tabiiy fanlar fakulteti faollar zalida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi. Tadbir institut professor-oʻqituvchilari va talabalari uchun tashkil etildi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Ziyodulla Yunusov, Samarqand viloyati Adliya boshqarmasining masʼul xodimi Nargiza Fayziyeva hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi raisi oʻrinbosari Aziz Xoliqov ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’ruzalar bilan chiqish qilishdi.

Tadbirda institut rahbariyati, fakultet dekani va oʻrinbosarlari, tyutorlar, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari qatnashdi.

Seminar davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 5-mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy Kengashi majlisida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, korrupsiya holatlarining ijtimoiy xavfi, jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri va unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari haqida ishtirokchilarga tushunchalar yetkazildi.

Mazkur tadbir institutda korrupsiyaga qarshi madaniyatni oshirish, talaba-yoshlar va pedagog xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va faollikni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

 

Tags
Share This Post