- 2025-04-30
- 6231
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha iqtisodiy o‘qish tashkil etildi

2025-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion xavf-xatarlarni oldindan aniqlash hamda bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari ushbu yo‘nalishdagi harakatlarni yanada kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashishni umummilliy masalaga aylantirish zarurligini alohida qayd etdi.
Mazkur yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, 2025-yil 29-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’uliyatni oshirish maqsadida iqtisodiy o‘qish tashkil etildi.
Tadbirda vazirlik, idoralar, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 5-mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida belgilangan korrupsiyadan holi sog‘lom muhitni shakllantirish, bu boradagi chora-tadbirlarni tizimli asosda davom ettirish, shuningdek, rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan vazifalar muhokama qilindi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova, prorektorlar hamda barcha bo‘lim boshliqlari faol ishtirok etdi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati