- 2025-05-01
- 6545
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Samarqand viloyati boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tadbirni boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi S.Luqmonov ochib berdi. Unda O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalar boshqarma faoliyati bilan bevosita tanishdi, sohaga oid amaliy bilim va ko‘nikmalarni egalladi.
Institutimiz talabasi Dilbar Kamolova aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish jarayonida volontyor sifatida faol ishtirok etgani uchun boshqarma boshlig‘i tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
“Ochiq eshiklar kuni” ehtiyojmand aholi vakillari bilan bir qatorda bo‘lajak pedagog kadrlarga ham sohaga oid real jarayonlarni kuzatish, amaliy tajriba orttirish imkonini berdi. Tadbir yoshlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim bosqich bo‘ldi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati