Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha o‘tkazilgan “Talabalar ligasi” musobaqalarining respublika final bosqichi yakunlandi.

  • 2025-05-13
  • 5494

O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti mazkur turnir uchun mas’ul oliy ta’lim muassasasi sifatida respublika bosqichi bellashuvlariga mezbonlik qildi. Musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 60 nafar iqtidorli talaba ishtirok etdi.

Yakuniy bosqich doirasidagi bahsli o‘yinlar nihoyasiga yetgach, taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Xusan Tuxtayev ishtirok etib, musobaqa g‘oliblarini samimiy tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Tags
Share This Post