Samarqandda “Talabalar oqshomi” gala konserti bo‘lib o‘tdi

  • 2025-05-13
  • 6227
Samarqandda “Talabalar oqshomi” gala konserti bo‘lib o‘tdi
Samarqandda “Talabalar oqshomi” gala konserti bo‘lib o‘tdi

🗣 O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi tashabbusi bilan “Silk Road Samarkand” Boqiy shahar amfiteatrida talaba yoshlar uchun tantanali “Talabalar oqshomi” nomli gala konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbir doirasida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira abadiy” shiori ostida oliy ta’lim muassasalari “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirokida intellektual o‘yinlar, harbiy-sport musobaqalari hamda “Qalqon” guruhiga bag‘ishlangan qo‘shiq premyerasi bo‘lib o‘tdi. G‘olib va sovrindorlar tantanali tarzda taqdirlandi.

Musobaqalar yakuniy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdi:

 • Insholar tanlovi — 
 • Shaxmat musobaqasi — 
 • Arqon tortish musobaqasi — 
 • Granata uloqtirish — 
 • Turnikda tortilish — 
 • 100 metrga yugurish (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) — 
 • 100 metrga yugurish (qizlar o‘rtasida) — 

Tadbir barcha talabalar uchun unutilmas lahzalar, ijobiy kayfiyat va sport ruhini ulashdi. Yuksak natijalari bilan ajralib turgan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti “Qalqon” jamoasi musobaqalarning mutlaq yetakchisi sifatida e’tirof etildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post