Samarqand san’ati: qadim zamonlardan bugungi kungacha

  • 2025-06-12
  • 6264
Samarqand san’ati: qadim zamonlardan bugungi kungacha
Samarqand san’ati: qadim zamonlardan bugungi kungacha

Yozgi maktab loyihasi ishtirokchilari uchun Samarqand davlat universiteti dotsenti Nigina Mullajonova “Samarqand san’ati: qadim zamonlardan bugungi kungacha” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Ma’ruzada Samarqandning boy madaniy merosi, san’at sohasidagi yutuqlari, me’moriy obidalari hamda amaliy san’at namunalari haqida keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi. Xususan, Samarqand arxitekturasi, naqshinkor bezaklar, xalq hunarmandchiligi va ijodiy yondashuvlar tarixiy hamda estetik nuqtayi nazardan chuqur tahlil qilindi.

Tinglovchilarga qadimiy davrlardan to zamonaviy kungacha bo‘lgan san’at taraqqiyoti, uslubiy o‘zgarishlar va madaniy davomiylik haqida qiziqarli faktlar hamda ilmiy asoslangan mulohazalar yetkazildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Izoh qoldiring!
Foydalanuvchi izohlari

Hozircha izoh yoʻq.

Share This Post